Paxta-toʻqimachilik klasterlari uchun kreditlarni toʻlash muddati yana uzaytirildi
Oʻtgan avgustda ularning qarzlarini toʻlash muddati bir yilga uzaytirilgandi. Prezident kredit toʻlash muddatini 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashga oid masalalarni koʻrib chiqdi.
Davlat rahbari berilgan imtiyozli kreditlar muddatini 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganini maʼlum qildi.
Oʻtgan yili paxta yetishtirish uchun olingan kreditni toʻliq qaytargan klasterlarga imtiyozli kreditning 8 foizi qaytariladi. Joriy yilda klasterlarning yigiruv korxonalariga paxta sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Klasterlar sotib olingan paxta tozalash zavodi qiymatining kamida 35 foizini toʻlasa, bu mulkni garovga qoʻyishga ruxsat beriladi. Prezident rahbarlarga yuqori moliyaviy majburiyatlarga ega boʻlgan iqtisodiy samarasiz klasterlarning holatini qayta koʻrib chiqish boʻyicha topshiriq berdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston 5 oyda qariyb 1,3 mlrd dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qildi