Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi paxta mahsulotlarini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan MChJga chora ko‘rdi.

Payariq Claster’ga nisbatan manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi uchun tegishli ta’sir chorasi qo‘llandi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.
Tashkilotning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorning natijasida Payariq Claster MCHJ paxta mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgani aniqlangan: 2022-yilda — 259.1 tonna paxta yog‘i, 890,5 tonna paxta shroti, 418,9 tonna paxta sheluxasi; 2023-yilda — 2250 tonna texnik chigit.
Shuningdek, ushbu mahsulotlar birjada sotilmagani oqibatida narxlar yuqori qo‘llanib, jami 1,9 milliard so‘mga yaqin miqdorda tafovut holatlari vujudga kelgan.
Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir chorasi qo‘llangan.
Shu bilan birgalikda, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi Toshkentdagi shifoxonada bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







