Ozodbek Nazarbekov “Qirg‘iziston xalq artisti” bo‘ldi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sadir Japarov 13-dekabr kuni Ozodbek Nazarbekovni qabul qildi. Prezident Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim bo‘g‘in bo‘lib, mushtarak tarix, til, madaniyat va anʼanalar bilan bog‘langanini alohida taʼkidladi.
“Xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari birlashtirib turadi. 1992-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi va bu hamkorlikni mustahkamlashda madaniyat muhim o‘rin tutadi”, dedi Sadir Japarov.
Japarov O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkent va Buxoro shaharlarida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari o‘tkazilganini, unda qirg‘iz-o‘zbek do‘stligiga bag‘ishlangan gala-konsert, ko‘rgazmalar, kinofilmlar namoyish etilganini esladi.
Qirg‘iziston prezidenti 2025-yilda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki xalqning yanada yaqinlashishida muhim voqea bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘izistonda ham kartoshka narxi keskin oshib ketdi O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi O‘zbekistonda qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ayol ekstremistik materiallar tarqatishda ayblanib ushlandi Salimboy Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilardi — Tashiyev
Soʻnggi yangiliklar







