OTMlarni moliyalashtirish ballarga bog‘liq bo‘ladi
Muassasalar ularni bir necha toifa bo‘yicha olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish ularning yangi baholash tizimi bo‘yicha to‘plagan ballariga bog‘liq bo‘ladi, deyiladi prezidentning oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari rektorlarning vakolatlarini kengaytirish va mas’uliyatini kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan. Xususan, mamlakatda oliy ta’lim muassasalarini baholashning yangi tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Shu paytgacha u “Yangi O‘zbekiston” universitetida qo‘llanilgan bo‘lsa, endilikda boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham qo‘llaniladi.
Xususan, endilikda ta’lim muassasalari quyidagi toifalar uchun ball oladi:
- bitiruvchilarni ishga joylashtirish — 40 ball;
- ilmiy tadqiqotlarga tarmoq buyurtmalarini bajarish va ularning mahsulotlarini sotish — 30 ball;
- ilmiy salohiyat, shu jumladan e’tirof etilgan xalqaro jurnallardagi maqolalar — 20 ball;
- tadqiqotlarga mahalliy va xorijiy grantlarni jalb qilish — 10 ballgacha.
To‘plangan ballarga qarab, universitet 20% miqdorida qo‘shimcha mablag‘ olishi mumkin — agar u mumkin bo‘lgan ballarning 85% gacha to‘plasa. Agar universitet umumiy miqdorning 56 foizidan kamrog‘ini to‘plasa, kelasi yilgi moliyalashtirish, aksincha, qisqartirilishi mumkin.
Shuningdek, davlat rahbari ilmiy va ijodiy oliygohlarni ballar qo‘yishda tenglashtirib bo‘lmasligini ta’kidlab, reyting mezonlarini ishlab chiqishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Avvalroq, abituriyentlarning OTMga kirish imkoniyati ko‘proq bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Tashabbus prezident tomonidan ilgari surildi.
Izohlar