OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi
Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 28-iyulga qadar oʻtkaziladi. Mandat 21−22-avgustda eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari va test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida koʻrsatilgan manzildagi oʻzlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi oʻtkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
SSV esa imtihonlar 28-iyulda yakunlananishini xabar qilgan. 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi. 7 kunlik muddatdan soʻng mandat hisoblanadi hamda 21−22-avgustda mandat eʼlon qilinadi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida yana 5 ta OTM ish boshlaydi