OTMlarda 2024/25-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi.
Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
To‘lovlar miqdori bakalavriat va magistraturada ta’lim yo‘nalishlari va shakllariga (kunduzgi, sirtqi va kechki) bog‘liq. Bu bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdori hisoblanadi.
Kontrakt summalari quyidagicha:
Stipendiyali to‘lov-kontrakt miqdori amaldagi stipendiya miqdorini 12 oyga ko‘paytirilgan holda qo‘shib hisoblanadi.
O‘tgan o‘quv yili uchun respublika davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan solishtirilsa, to‘lov summalari o‘rtacha yaxlitlangan holda, 15 foizga oshirilgani ma’lum bo‘ladi.
Prezidentning budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga doir farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan kredit faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi. Baholari “3” dan past bo‘lgan yuqori kurs talabalariga kredit miqdori kamaytiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi To‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi Qoraqalpog‘istonda OTMga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olganlar ushlandi