
OTB O‘zbekistonga ipotekani qayta moliyalashtirish uchun yana 30 mln dollar ajratadi
Xotin-qizlar uchun ipoteka kreditlari va “yashil” renovatsiyani qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish rejalashtirilgan.

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi Osiyo taraqqiyot banki bilan yangi qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda OTB saytida xabar berildi.
Moliyalashtirish hajmi milliy valyutada $30 mln ekvivalentini tashkil etadi. Mablag‘lar kompaniyaning uzoq muddatli likvidlikni ta’minlash orqali ipoteka bozorining inklyuziv va “yashil” segmentlarini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Uning doirasida Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklar tomonidan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtiradi. Shu bilan birga, ayollar uchun qarz olish hamda “yashil” renovatsiyani qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
OTB loyihaning amalga oshirilishi ayollar va yoshlarni uy-joy sotib olish uchun arzon kreditlar bilan ta’minlash imkonini berishini kutmoqda. Tashkilot ekspertlari past va o‘rta daromadli oilalar uchun mavjud kreditlar bo‘yicha yuqori moliyaviy yukni, shuningdek, arzon ko‘chmas mulk taklifining cheklanganligini ta’kidlamoqda.
Soʻnggi yangiliklar







