
O‘zbekiston va Rossiya JST bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
15 Mart 2025, 18:18Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan farg‘onalik para velosportchi Odina Hamdamovaga uy sovg‘a qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov velosportchiga Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massividan kvartira kalitini topshirgan.
Viloyat rahbari chempion qizni yutuqlari bilan tabriklab, matonati va irodasi bilan boshqalarga ibrat bo‘layotganini ta’kidlagan.
Hokim viloyat sportchilariga, xususan, Odinaxonga Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar kiritishni tilab, katta g‘alabalarga erishishiga umid bildirgan.