Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
Deputatlar ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244-moddasiga (ommaviy tartibsizliklar) tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasi uchinchi qism bilan to‘ldirilib, unda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik uchun alohida javobgarlik choralari belgilanmoqda. Shu bilan birga, Jinoyat kodeksi 244-moddasining to‘rtinchi qismida ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu modda yangi beshinchi qism bilan to‘ldirilib, unda o‘quvdan o‘tgan shaxs o‘z xohishi bilan o‘quvdan o‘tgani haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Nukus voqealari bo‘yicha komissiya parlamentga axborot berdi Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda O‘zbekistonda aholini ijtimoiy sug‘urtalash tizimini joriy etiladi O‘zbekistonda psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul qilindi