O‘zbekiston

Ombudsmanning tashrifidan so‘ng Sirdaryodagi manzil-koloniyada uchrashuv xonalari qurildi

Taqdim etilgan xonalar barcha zarur sharoitlar bilan jihozlangan.

Sirdaryo viloyatida Ombudsman tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida 40-son manzil-koloniyasida uzoq muddatli uchrashuv xonalari mavjud emasligi aniqlanib, ularni qurish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Mutaxassis tekshiruv doirasida mahkumlarning oila a’zolari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari muassasa hududida emas, balki Chortoq mahalla fuqarolar turar joylarida o‘tkazilganini aniqladi. Qoniqarsiz maishiy sharoit va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmayotganligi Ombudsman tomonidan o‘rganib chiqilib, bunday uchrashuvlar uchun alohida xonalar qurish bo‘yicha topshiriq berildi.

Qayd etilishicha, Guliston tumani hokimligi va IIV Jazoni ijro etish departamenti tomonidan tegishli binolarni qurish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar ajratilgan. Natijada manzil-koloniya hududida mutaxassislar tomonidan uzoq muddatli uchrashuvlar uchun barcha sharoitlarga ega 11 ta zamonaviy xona qurilib, foydalanishga topshirildi.

Avvalroq Surxondaryoda Ombudsman vakili yopiq muassasalar bo‘ylab tekshiruv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish uchun mutaxassis topshiriq bergan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная