Ombudsmanga 10 oyda ruhiy, jismoniy bosim yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi
Hozirda 62 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmatiga ko‘ra, shikoyatlarning 14 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar ombudsmanning murojaatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi belgilangan. 52 tasi esa o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmadi. 62 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Shuningdek, shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijasida 10 nafar xodimga nisbatan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan, 3 ta holatda xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 15 ta xabarlar o‘rganilib, bu bo‘yicha 14 ta munosabat bildirilgan. Mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 12 ta talabnomasi kiritilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi Toshkent viloyatida eri ayovsiz kaltaklagan ayol vafot etdi Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi