Olmaliqda ham 21 yoshli mahkum vafot etdi
Mazkur holat Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan.

Olmaliqdagi koloniyada jazoni o‘tayotgan 21 yoshli mahkum vafot etdi. Bosh prokuratura holatga munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, Olmaliq shahar IIB navbatchilik qismi tomonidan 14-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Muhammadqodir Po‘latov 15-fevral kuni Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan voqea joyi va murda ko‘zdan kechirilib, mutasaddi xodimlar va shifokorlardan holat yuzasidan tushuntirishlar olingan va o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, yurak ishemik kasalligining o‘tkir shakli, yurak mushaklarida qon ketishi “miokard infarkti”dan vafot etgani ko‘rsatilgan.
Uning onasi esa o‘g‘li biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmaganini, farzandining badanida qiynoq izlari mavjudligi, elektroshoker iziga o‘xshash chiziqlar borligini aytmoqda.
Ayni paytda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tomonidan ham nazoratga olindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Xitoydan Olmaliq va Termiz uchun yoʻlovchi avtobuslar xarid qilinadi Tovoqsoy qamoqxonasida mahkumni devor bosib qoldi O‘zbekistonda bir yilda 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi Toshkent viloyatida ayol shirinliklarni ruxsatsiz yegan bolasining tana a’zolarini kuydirdi Qarshida 17 yoshli qiz oʻzini 16 qavatli uy tomidan tashladi
Soʻnggi yangiliklar







