4 Iyul 2024, 13:34 Oʻzbekiston

Olmaliq shahrida fotoradar oʻrnatilgan Cobalt YTHga uchradi

Piyodaga yoʻl berish uchun toʻxtagan Cobaltʻning orqa qismiga 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kelib urilgan.

Olmaliq shahrida fotoradar oʻrnatilgan Cobalt YTHga uchradi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ichki ishlar organi xodimi boshqaruvidagi Cobalt mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, YTH 3-iyul kuni soat 17:30larda Olmaliq shahri hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida yuz bergan. Rossiya fuqarosi boʻlgan 24 yoshli Sh.I. Lacetti mashinasini boshqarib borayotib, oraliq masofani saqlamagan.

Buning oqibatida oʻzidan oldinda piyodaga yoʻl berish uchun toʻxtagan 34 yoshli Y.N. boshqaruvidagi fotoradar oʻrnatilgan Cobalt mashinasining orqa qismiga urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, mashinalar texnik shikastlangan. Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar