28 Fevral 2025, 10:26 Oʻzbekiston

Olimjon Jo‘rayev Guliston tumani hokimi v.b. bo‘ldi

Shu vaqtgacha tumani boshqargan Ulmasjon Mamadaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Olimjon Jo‘rayev Guliston tumani hokimi v.b. bo‘ldi

Jo‘rayev Olimjon Urazaliyevich Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, eksport hamda qator sohalar bo‘yicha qoloqlikka yo‘l qo‘yilayotganligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gulistonni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish borasida tuman birinchi rahbarining harakatlari yetarli emas. Deputatlar ham hududda ishga solinmagan imkoniyatlar haqida gapirgan.

Shu sababli 2023-yilning iyul oyidan buyon tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ulmasjon Mamadaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Mashhur yangiliklar