Ohangaronda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar F.M. va N.J. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Vivafer” nomli 826 quti dori vositasini 9 000 AQSh dollari va 40 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tadbir davomida jami 829 quti ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Manbaga koʻra hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi Xorazmda qariyb 240 mln so’mlik dorilarning noqonuniy savdosi fosh qilindi Hududlarda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi