Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
Surxondaryo viloyatida og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan 2 nafar mahkum ogʻir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi, deb xabar beradi ombudsman axborot xizmati.
Qayd etilishicha, murojaat ombudsman tomonidan nazoratga olinib, Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va boshqa komissiya aʻzolari ishtirokida tekshiruvdan oʻtkazilgan.
Jinoyat kodeksining 75-moddasida hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek, jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqa ogʻir kasallikka chalingan shaxs jazoni oʻtashdan ozod qilinishi belgilangan.
Tibbiy koʻrik natijasida mahkumlarga ushbu moddani qoʻllash zarurligi haqida xulosa berilgan.
Mazkur ish yuzasidan mahkumlar jazodan ozod qilinib, oilasi bagʻriga qaytarildi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi