O‘zbekiston

Og‘ir ahvolga tushib qolgan oila Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol va uning yosh bolalariga aviachipta olib berildi va hujjatlar rasmiylashtirildi.

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi 30-iyuldan 30-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan “Vatanga qaytish” xayriya aksiyasi doirasida yordam ko‘rsatdi. Ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Yekaterinburgdan Namanganga aviachipta sotib olindi.

Oila eson-omon O‘zbekistonga qaytib keldi. Konsullik muassasasining ushbu yo‘nalishdagi ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonlik ayol farzandlari bilan vatanga qaytarildi. Mutaxassislar oilani repatriatsiya qilish bo‘yicha kelishib, ular uchun chiptalar sotib olishdi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная