“Ochiq byudjet” 2-mavsumining boshlanish sanasi e’lon qilindi
Ovoz berish jarayoni to‘rt bosqichga bo‘lindi.

15-iyuldan 31-avgustga qadar “Ochiq byudjet”ning ikkinchi mavsumi boshlanadi, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati.
2025-yilgi ikkinchi mavsum g‘oliblari 1-sentyabr — Mustaqillik kunida e’lon qilinadi. Ovoz berish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘lingan:
- loyihalarni taqdim etish bosqichi — 15-iyuldan 3-avgustgacha;
- saralash bosqichi — 4-avgustdan 18-avgustgacha;
- tashviqot bosqichi — 19-21-avgust kunlari;
- ovoz berish bosqichi — 22-avgustdan 31-avgustgacha.
Eslatib o‘tamiz, “Ochiq byudjet” loyihalari majburiy ovoz berish uchun ko‘rib chiqishdan olib tashlanadi. Moliya vazirligi Quva tumanidagi maktabda o‘qituvchilarni ovoz berishga majburlash holatidan so‘ng qaror qabul qildi.Vazirlik, shuningdek, majburiy ovoz yig‘ish holatlariga duch kelgan fuqarolar 71 200-06-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini eslatdi.
Izohlar