Ob-havo yanada qulaylashadi — avgust oyi qanday boshlanadi?
Sinoptiklar dam olish kunlaridagi ob-havo haqida ma’lumot berishdi.

Avgust oyining birinchi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 1-avgust kuni kunduzi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati 32-35o atrofida, janubda ba’zi joylarda 38o gacha bo‘ladi, bu avgust oyining boshi uchun iqlimiy me’yordan 1-2o ga pastdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-16 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1-avgust kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 1 avgust kuni o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz, dam olish kunlarida asosan ochiq havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-23°, kunduzi 32-35° bo‘ladi.
Izohlar