
OʻzTestdan Piskent poligonidagi navbatlar va soxta ekspertiza bilan bogʻliq tarixni “soʻrashdi”
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi vaziyatga oydinlik kiritib, aybdorlarni javobgarlikka tortishga umid qilmoqda.

OʻzLiDePdan Qonunchilik palatasi deputati Ruslan Sabirov Piskentda avtomobillarni sertifikatlash jarayoni boʻyicha shikoyatlar koʻpaygani sababli Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbari Akmal Jumanazarovga parlament soʻrovi bilan murojaat qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, avtomobil egalarining eʼtiroziga mutaxassislar tomonidan bir turdagi transport vositasini sertifikatlash uchun arizalarni qabul qilish toʻxtatilgani sabab boʻlgan. Shuningdek, soʻnggi paytlarda mamlakat avtomobil egalari avtomobillarni sertifikatlash jarayonidan tez-tez shikoyat qila boshladilar. Tekshiruv jarayonining oʻzi yoʻqligini, transport poligonda bir necha soatlab turib qolganini taʼkidlab oʻtdi.
Fuqarolar noroziligining yana bir muhim sababi — Piskent poligonida import avtomobillarni tekshirish uchun ulkan navbatlar yuzaga kelmoqda. Fuqarolar hududda uzoq kutish uchun hech qanday sharoit yaratilmaganidan shikoyat qilishdi: na soya, na dam olish uchun joy bor.
Shu munosabat bilan OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Ruslan Sabirov Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarovga OʻzTest markazi faoliyatiga shaffoflik kiritish, import avtomobillarni sinovdan oʻtkazishda tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha parlament soʻrovi bilan murojaat qildi. Deputat shu orqali vaziyatga oydinlik kiritib, aybdorlarni javobgarlikka tortishni rejalashtirmoqda.
Soʻnggi yangiliklar







