23 Yanvar 2025, 16:32 •Oʻzbekiston
“O‘zkimyosanoat” rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jahongir Mustafoyev “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.

Jahongir Mustafoyev “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Jahongir Mustafoyev ushbu lavozimda Akobir To‘xtayev o‘rnini egalladi. Tayinlovga qadar Jahongir Mustafoyev “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ QK bosh direktori sifatida va bir necha yillar davomida bank-moliya sohasida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2019-yil mart oyidan buyon Yevgeniy Korjikov ham faoliyat yuritmoqda.
2024-yil dekabridan “O‘zkimyosanoat”ga Odil Temirov rahbarlik qilib kelmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
G‘ayrat Nasirov Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi Navoiyning ikki tumaniga yangi IIB boshliqlari tayinlandi Sharifbek Hasanov Chiqindilarni boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi Erkinjon Turdimovning Samarqanddagi matbuot kotibi Sirdaryo hokimligida ish boshladi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2024-yili qancha egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi
14 Fevral 2025, 18:56
O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlar rag‘batlantiriladi
14 Fevral 2025, 18:19
Sirdaryodagi maktabda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘rab chiqdi
14 Fevral 2025, 17:43
O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlandi
14 Fevral 2025, 17:08
Qo‘qonda bir guruh shaxslar ko‘p yillik chinorni arralab, qochib ketdi
14 Fevral 2025, 16:49
Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
14 Fevral 2025, 15:59
Metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha cheklandi
14 Fevral 2025, 15:27
O‘zbekiston elchisi Litva prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
14 Fevral 2025, 14:49