
O‘zini o‘zi band qilganlar faoliyat turlari qisqartiriladi
2026-yildan xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni ta’mirlash, kosmetolog, pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik kabilar ro‘yxatdan chiqariladi.

Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. Istiqbolli sohalardagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, prezident 2026-yil boshidan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari, ishlar va xizmatlarning yangi ro‘yxatini tasdiqladi. Ushbu ro‘yxat 72 bandni o‘z ichiga oladi — bu hozirgi tahrirdan 33 taga kamdir.
Ro‘yxatdan quyidagilar chiqarib tashlanadi:
- chakana savdo;
- sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari;
- foto va video suratga olish;
- qandolatchilik mahsulotlari;
- salatlar va tuzlamalar, ichimliklar tayyorlash;
- gidlik xizmatlari;
- kopirayting, tarjimonlik;
- rieltorlik xizmatlar;
- avtotransport vositalarini ta’mirlash;
- yog‘och o‘ymakorligi;
- taqinchoqlar va attorlik buyumlari ishlab chiqarish;
- repetitorlik va to‘garaklar olib borish hamda boshqa ayrim faoliyat turlari.
To‘liq yangilangan ro‘yxat bu yerda tanishish mumkin.
Shu bilan birga, unga marketpleyslarda tovarlar va xizmatlarni sotish, shuningdek, nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlash kiritiladi. O‘zini o‘zi band qilganlarga hayvonlardan faqat tovuq boqishga ruxsat beriladi.
Soʻnggi yangiliklar







