“O‘zgidromet”: Yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi
2025-yilning yanvari qish mavsumining eng sovuq oyi sifatida o‘z nomini oqlay olmadi, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

“O‘zgidromet” agentligi oy yakunlari bo‘yicha meterologik hisobotini e’lon qildi.
O‘rtacha oylik havo harorati iqlim me’yoridan 0,5−1 darajaga, shimolda 2−3 darajaga, Ustyurtda 4 darajaga yuqori bo‘ldi. Oying birinchi va uchinchi o‘n kunliklarida respublika hududi bo‘yicha sovuq to‘lqinlar kuzatildi, bunda harorat me’yordan 2−3 darajaga, 23−24-yanvar kunlarida esa 4−5 darajaga past bo‘lishi qayd etildi.
Yanvarning ikkinchi o‘n kunligi iliq bo‘ldi, hududning katta qismida me’yordan 1−3 darajaga yuqori bo‘lishi qayd etildi. Eng sovuq kechalarda havo harorati 3−8 daraja sovuqqacha, shimolda 9−14 darajagacha pasaydi.
Hududning katta qismida eng iliq kunlarda havo 11-16 daraja iliq, janubda ba’zi joylarda 17-19 daraja iliqqacha isidi.
Sinoptiklarga ko‘ra, bu yilgi yanvar qish mavsumining eng sovuq oyi sifatida o‘z nomini oqlay olmadi. 2024-yil dekabr oyining o‘rtacha oylik harorati 2025-yilnikiga nisbatan 1−2 daraja past bo‘lib, dekabrdagi sovuqlar esa yanvar oyi sovuqlariga nisbatan kuchliroq bo‘lgan.
2025-yil yanvar oyi 2023-yil yanvar oyidagi kabi sovuq (ushbu asrdagi ikkinchi eng sovuq yanvar oyi, 2008-yildan keyin) va 2024-yil yanvar oyidagi kabi iliq bo‘lmadi. U meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.
Yanvar oyi juda quruq keldi. Respublika hududining katta qismida oy davomida yog‘ingarchilik me’yordan 50 foizdan kam bo‘ldi. Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘istonning janubi, Farg‘ona vodiysi va Buxoro, Navoiy viloyatlari hududlarining katta qismi eng qurg‘oqchil hududlar bo‘lib, ularda oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 20 foizdan kam bo‘ldi, deyiladi hisobotda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangan va Toshkent viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi Yanvarda qariyb 18 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Ikki viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi Zomin aeroporti qachondan ochilishi maʼlum bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







