O‘zbekiston

O‘zgidromet kutilayotgan yomg‘irlar tufayli o‘zbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi

Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish so‘raldi.

“O‘zgidromet” 30-iyuldan 1-avgustga qadar kutilayotgan yomg‘irlar hamda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi munosabati bilan fuqarolarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная