“O‘zgidromet” dam olish kunlariga prognozini e’lon qildi
O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda.
Bir necha kun kuzatilgan juda iliq va quruq ob-havodan so‘ng, bugundan boshlab O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 29-noyabr va dam olish kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30-noyabr—1-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 29-noyabr — 1-dekabrda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayadi. Kechagi 20-23 daraja daraja iliqdan so‘ng, 29-noyabr, juma kuni kunduzi harorat 10-15 daraja darajagacha iliq, 1-dekabr, yakshanba kuni esa 3-8 daraja iliqlashadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
2-dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi Bugun ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanadi “O‘zgidromet” sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi 28 noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi mumkin