Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalarini muhokama qilish uchun Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Oliy Bosh Qo‘mondon dunyoda turli mintaqaviy mojarolar kengayib borayotgani, qurollanish poygasi avj olayotganini, umuminsoniy qadriyatlar, xalqaro huquq normalari va xalqaro diplomatiyaga hurmat susayib borayotganini qayd etdi. Shu munosabat bilan 2018-yilda qabul qilingan Mudofaa doktrinasi, shuningdek, 1997-yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik konsepsiyasini yangilashga qaror qilindi.
Bir narsani tushunib olish zarur. Zamonaviy urush tabiati tubdan oʻzgardi. Endi qaysi davlat faqat tank, samolyot yoki askarlar soniga tayanib gʻalaba qozonaman desa, qattiq adashadi. Hozirgi janglar sunʼiy intellekt, raqamli boshqaruv, uzoq masofaga yuqori aniqlikda zarba beruvchi vositalar, kiber va robot texnologiyalar, siyosiy-iqtisodiy bosim asosida olib borilmoqda, — dedi davlat rahbari.
Yangi Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekiston KXSHT yoki NATO kabi harbiy bloklarga qo‘shilmaslik bo‘yicha neytral maqomni saqlab qolishga intiladi. Mamlakat hech kimning tarafini olmasdan, ko‘p tomonlama diplomatiyaga ustuvor ahamiyat beradi. Asosiy e’tibor yangi texnologiyalarni joriy etgan holda davlatning harbiy mustaqilligiga, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlashga qaratiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, harbiy taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish armiyaning yangi qiyofasini shakllantirishning asosiy shartidir, — dedi prezident.
Qo‘shinlarni sun’iy intellektga asoslangan robotlashtirilgan komplekslar va dronlar bilan jihozlash yo‘nalishida armiyani modernizatsiya qilishni ortda qoldirish rejalashtirilgan. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini raqamlashtirish fonida kiberxavfsizlik mavzusiga e’tibor kuchaytiriladi.
Mintaqaviy va global vaziyatni doimiy tahlil qilib borish, milliy armiyamizning salohiyatini mustahkamlash – bugungi kun talabi. Oʻzbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turishi, buning uchun tezkor, yuqori texnologiyali, yangi jang sharoitlariga mos boʻlishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mudofaa doktrinasi yangilanishi bilan O‘zbekistonda chaqiruv va muddatli harbiy xizmat o‘zgaradi. Harbiy xizmatchilarni ishlashga o‘rgatishadi, o‘zini ko‘rsatganlardan dasturchilar va sun’iy intellekt ishlab chiquvchilar tayyorlashadi, yaxshi o‘qigani uchun xizmat muddatini qisqartirishadi.
2023-yil mart oyida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kim tomonda ekaniga javob berib, boshqa davlatlar uni “betaraflikni to‘xtatib, ularning lageriga qo‘shilishga” chaqirayotganini ta’kidlagandi.






















