O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p o‘lim qayd etilgani maʼlum qilindi
Statistika agentligi O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 6 oyida qayd etilgan o‘limlar soni va sabablari haqida maʼlumot berdi.

Birinchi yarim yillikda respublikda vafot etganlar soni 81,4 ming kishini tashkil etdi (2023-yil mos davrida 79,6 ming kishi). Shundan erkaklar 44,4 ming kishini, ayollar 37 ming kishi bo‘ldi. Yanvar–iyun oylarida hayotdan ko‘z yumganlar soni shaharlarda 46 mingtaga, qishloqlarda 35,4 mingtaga yetdi.
Mamlakatda olti oy ichidagi eng ko‘p o‘limlar fevral oyida (8 335 erkak, 7 042 ayol) qayd etilgan.
Yarim yil mobaynida o‘lim holatlarining 58,4 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari sabab yuz bergan. Shuningdek, 9,4 foiz o‘limlarga o‘simtalar, 6,6 foiziga nafas olish aʼzolari kasalliklari, 5,3 foiziga baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar sabab bo‘lgan. Qolgan 4,1 foiz odam ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan, 1,1 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 15,1 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Infografika: Statistika agentligi
Yanvar–iyun oylarida o‘limlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatida qayd etildi — 8 905 ta. O‘z navbatida Farg‘ona viloyatida(8 463 ta), Toshkent shahrida (7 924 ta), Andijon (7 559 ta) va Qashqadaryo (7 415 ta) viloyatlarida vafot etganlar soni boshqa hududlardagidan ko‘p bo‘lgan.
O‘limlar sonining nisbatan kam ulushi Sirdaryo viloyatida kuzatilgan —2 072 ta. Shu bilan birga, Navoiy (2 249 ta), Jizzax (2 962 ta), Xorazm (4 241 ta) hamda Buxoro (4 397 ta) viloyatlarida qolgan hududlarga qaraganda o‘limlar kam qayd etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 2024-yilda ota-onalar ko‘roq necha yoshda farzandli bo‘ldi? O‘zbekistonga yetti oyda qancha turist kelgani ma’lum qilindi O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshgani maʼlum qilindi O‘zbekistonda 6 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Soʻnggi yangiliklar







