O‘zbekistonning qaysi hududi poliz ekinlari yetishtirish bo‘yicha yetakchi ekani ma’lum bo‘ldi
2025-yil boshidan buyon mamlakatda millionlab tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 2,1 mln tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi, deb xabar beradi Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,4% ga oshgan. Hududlar kesimida yetishtirilgan poliz ekinlari hajmi:
- Qoraqalpog‘iston — 157 512 tonna;
- Andijon viloyati — 141 375 tonna;
- Buxoro viloyati — 150 866 tonna;
- Jizzax viloyati — 280 230 tonna;
- Qashqadaryo viloyati — 265 186 tonna;
- Navoiy viloyati — 73 340 tonna;
- Namangan viloyati — 99 462 tonna;
- Samarqand viloyati — 112 910 tonna;
- Surxondaryo viloyati — 262 018 tonna;
- Sirdaryo viloyati — 276 475 tonna;
- Toshkent viloyati — 60 288 tonna;
- Farg‘ona viloyati — 126 551 tonna;
- Xorazm viloyati — 127 537 tonna.
Izohlar