O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Bungacha O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi lavozimida ishlagan Nodir Ganiyev mamlakatning Fransiyadagi elchisi bo‘ldi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Nodir Ganiyev Fransiya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Yangi elchi shu kunga qadar dastlab O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili, 2023-yil oktabr oyidan e’tiboran esa — birinchi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan. Stokgolmdagi elchixona 2022-yilda ochilgan.
Nodir Ganiyev 52 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini bitirgan.
1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiyaga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi Rossiyalik trevel-bloger Oʻzbekiston poyezdidagi sayohatni “haqiqiy sinov” deb atadi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni 2:3 hisobida mag‘lub etdi Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Germaniya kansleri O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda