O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million kishidan oshdi
Mamlakatda erkaklar ayollarga qaraganda ancha ko‘p.

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln kishidan oshdi 28-avgust kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln kishidan oshdi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 18 863 202 nafar ayol va 19 136 803 nafar erkak istiqomat qiladi. Qayd etilishicha, 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 37 859 795 kishini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, BMTning “Dunyo aholisi soni prognozlari” hisobotiga ko‘ra, o‘rtacha hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilda O‘zbekistonda aholi soni 52 million kishiga, 2070-yilda 62,6 million kishiga va 2100-yilga kelib 74,2 million kishiga o‘sishi mumkin. Aholining umr ko‘rish davomiyligi hozirgi 83 yoshga yetadi. Butun Markaziy Osiyo aholisi 209 milliondan oshadi, ularning deyarli har ikkinchisi O‘zbekiston fuqarosi bo‘ladi.
Izohlar