21 Avgust 2024, 08:50 •Jahon, Oʻzbekiston
O‘zbekistonning ATTO kartalaridan Qirg‘izistonda ham foydalanish mumkin bo‘ladi
Shuningdek, O‘zbekiston shaharlarida jamoat transportidan foydalangan qirg‘izistonliklar “Tulpor” kartalari orqali to‘lov qiladi.
Qirg‘izistonning “Tulpor” kompaniyasi va O‘zbekistondagi yo‘lkira to‘lovining avtomatlashtirilgan tizimi operatori ATTO hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Bishkek shahri ma’muriyatiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tez orada Qirg‘iziston aholisi O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab jamoat transporti yo‘lkira haqini mahalliy “Tulpor” kartalari bilan, qo‘shni davlat fuqarolari esa Bishkekda ATTO kartalari orqali to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Ushbu hamkorlik nafaqat transport tizimlarini integratsiyalashuvini tezlashtiradi, balki sayohatni hamma uchun qulayroq qiladi, deyiladi xabarda.
Ikki tizimni birlashtirishga tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlangani ta’kidlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 34 bosh otni noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni 2:3 hisobida mag‘lub etdi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi
Soʻnggi yangiliklar
Kogon shahriga ham yangi hokim tasdiqlandi
30 Noyabr 2024, 19:17Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi
30 Noyabr 2024, 18:22O‘zbekiston ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi
30 Noyabr 2024, 17:15O‘zbekistonda 10 oyda 110 trln so‘mdan ziyod transport xizmatlari ko‘rsatilgan
30 Noyabr 2024, 16:12Buxoroning ikki tumaniga yangi rahbarlar keldi
30 Noyabr 2024, 15:26Buxoroda YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
30 Noyabr 2024, 14:34Qo‘shiqchi Kanizani haqorat qilgan ikki yigit jarimaga tortildi
30 Noyabr 2024, 13:40Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
30 Noyabr 2024, 12:38