O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi sifatida mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi (qarorgohi Venada) etib tayinlandi. U Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda Dunyo axborot agentligi.
Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Albaniya rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda prezident boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Baxtiyor Ibragimov 58 yoshda. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.
1992-yildan beri TIV tizimida ishlaydi. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Islandiyadagi yangi elchisi tayinlandi Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg valiahd Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirdi Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







