O‘zbekiston

O‘zbekistonni “to‘q sariq” darajadagi magnit bo‘roni qoplaydi

Eng kuchli qo‘zg‘alishlar ertalab sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 11-oktyabr kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” magnit bo‘roni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 08:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha juda iliq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Mamlakat shimolida shamol kuchayishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная