O‘zbekistonni salqin dam olish kunlari kutmoqda
Mamlakatga nam havo kirib kelishi kutilmoqda.

22-avgust va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 35-37o issiq atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40o issiqqacha bo‘ladi.
Qayd etilishicha, respublika hududiga nisbatan nam va salqinroq havo kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakatning aksariyat hududlarida quruq ob-havo saqlanib qoladi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 2-3o ga pasayadi. Shamol tezligi 7-12 m/s bo‘lib, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang ko‘tarilishi ehtimoli bor.
Toshkentda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Sharqiy shamol g‘arbiy yo‘nalishga o‘tib, 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi harorat 35-37°, yakshanba kuni 32-35° bo‘ladi. Kechasi asosan 20-22° harorat kuzatiladi.
Izohlar