O‘zbekistonni magnit bo‘roni qoplaydi
Geomagnit kuchlanishlar darajasi 4 ball atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Meteagent ma’lumotlariga ko‘ra, 21-sentyabr kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq” darajadagi kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4,3 ballni tashkil etadi. Ungacha, 19 va 20-sentyabr kunlari bo‘ron intensivligi 2 balldan oshmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Avvalroq dam olish kunlari O‘zbekistonga issiq qaytishi haqida xabar berilgandi. Havo harorati qariyb 35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Izohlar