O‘zbekistonni magnit bo‘roni kutmoqda
Bu hodisa ba’zi fuqarolarda bezovtalik keltirib chiqarishi mumkin.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 19-oktyabr kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 05:00 dan 8:00 gacha bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Izohlar