O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarning ekologik madaniyati oshiriladi

Prezident 2027-yildan bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan yangi konsepsiyani tasdiqladi.

O‘zbekistonliklarning ekologik madaniyati oshiriladi

15-may kuni prezident aholining ekologik madaniyatini oshirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqladi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Qarorga ko‘ra, 2030-yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilangan:

  • 3,3 mln nafar maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish;
  • umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlarining 4,2 mln nafar o‘quvchilari o‘rtasida ekologik ta’limni kuchaytirish va ekologik madaniyatni tarbiyalash.

Konsepsiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan har ikki yilda tasdiqlanadigan alohida “yo‘l xaritasi” asosida 2027 yildan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat organlari xodimlarining ekologik bilimlarini oshirish bo‘yicha bepul kurslar ochiladi. Ekologiya vazirligi ushbu sohadagi muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi.

Mavzuga doir: Toshkentda bir sutkada belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan necha kishi jarimaga tortildi? Ekologiya inspektorlari poytaxt bo‘ylab reydlar o‘tkazdi.

Izohlar

Mavzuga oid