O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz iliq hafta kutmoqda

Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

17-21 noyabr kunlari butun ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Kunduzgi havo harorati 19-22° iliq atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat biroz pasayadi va hududning katta qismida 15-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi asosan 3-8 daraja iliq bo‘ladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 19-20 noyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-18 noyabrda kunduz kunlari havo harorati 19-21 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 19-21 noyabrda kunduz kunlari havo harorati 16-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi asosan 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная