29 Mart 2025, 11:11 Oʻzbekiston

Oʻzbekistonliklarni Shveytsariyada ishlash vaʼdalari bilan aldash boshlandi

Mamlakat elchixonasi fuqarolarni hushyorlikka chaqirdi.

Oʻzbekistonliklarni Shveytsariyada ishlash vaʼdalari bilan aldash boshlandi

Toshkentda Shveytsariyada ishlash uchun soxta ish oʻrinlari va qalbaki ruxsatnomalar taklif qilingan fuqarolar orasida firibgarlikdan jabrlanganlar soni koʻpaydi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi bir necha kun ichida Shveytsariya elchixonasiga jabrlanganlarning shikoyatlari kela boshlagan. Vazirlik poytaxt aholisiga murojaat qilib, agar ular Toshkentda yashasa va mamlakatda ish izlayotgan boʻlsa, barcha kelib tushayotgan takliflarga eʼtiborliroq boʻlishni soʻradi.

Taklif olgan fuqarolarga, avvalo, uning haqiqiyligi va rasmiy roʻyxatdan oʻtgan ish beruvchidan kelganligiga ishonch hosil qilish tavsiya etildi. Shveytsariyaning mamlakatdagi elchisi Konstantin Obolenskiy firibgarlar oʻzlarini kompaniyalar yoki hatto Shveytsariya hukumati nomidan tanishtirishi va hujjatlarni soxtalashtirishi mumkinligidan ogohlantirib, bir manbaga ishonmaslikni va tekshirish uchun turli kanallardan foydalanishni maslahat berdi.

Shuningdek, diplomatik missiya rahbari real taklif boʻlgan taqdirda, ruxsatnomani rasmiylashtirish boʻyicha barcha xarajatlarni ish beruvchi oʻz zimmasiga olishini, ishchi vizasini olish uchun esa fuqaro Toshkentdagi elchixonaga emas, balki shaxsan Shveysariyaning Moskvadagi Konsullik markaziga ariza topshirishi kerakligini taʼkidladi.

Mashhur yangiliklar