O‘zbekistonliklarni qirq daraja issiq kutmoqda: 1-iyul uchun ob-havo
Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonda 1-iyul kuni issiq bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 36-38° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonli izg‘irin bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonli izg‘irin bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda iyul oyi odatdagidan issiqroq bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar