O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarni juda iliq va bulutsiz ish haftasi kutmoqda

Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, bu davr oltin kuzdan bahramand bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

20–24-oktyabr kunlari o‘zbekistonliklarni juda iliq va bulutsiz ish haftasi kutmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet axborot xizmati.

Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, bu davr oltin kuzdan bahramand bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yordan 4-6° ga yuqoridir.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. 20-oktyabrda kunduz kuni harorat 21-23° bo‘ladi. Keyingi kunlarda harorat kechasi 10-13°, kunduzi 24-28° atrofida bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная