24 Mart 2025, 16:17 Oʻzbekiston

Oʻzbekistonliklardan “Yer soati”ni qoʻllab-quvvatlash va elektr energiyasini oʻchirish soʻraldi

Tabiatga gʻamxoʻrlik qilish maqsadida barcha davlat tashkilotlarida bir soat davomida chiroqlar oʻchiriladi.

Oʻzbekistonliklardan “Yer soati”ni qoʻllab-quvvatlash va elektr energiyasini oʻchirish soʻraldi

Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 25-mart kuni Oʻzbekistonda Yer soati kuniga bagʻishlangan maxsus aksiya oʻtkaziladi.

Ushbu aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida bir soat davomida elektr energiyasi oʻchiriladi. Taʼkidlanishicha, bu tadbirning maqsadi tabiiy resurslarni asrash hamda sayyoramizga ehtiyotkorona munosabat va gʻamxoʻrlik koʻrsatishdir.

Vazirlik oʻzbekistonliklarni aksiyada ishtirok etishga va shu kuni 60 daqiqa davomida elektr energiyasidan foydalanishdan voz kechishga chaqirdi.

Mashhur yangiliklar