O‘zbekistonliklardan bir kunga avtomobillardan velosiped va avtobuslarga o‘tish so‘raldi
Mamlakatda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

28-may kuni Toshkent, Nukus shaharlari va barcha viloyatlarning ma’muriy markazlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
Barcha davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga, shuningdek, fuqarolarga jamoat transporti, piyoda yurish, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalaridan foydalanish foydasiga shaxsiy avtotransportdan voz kechish tavsiya etildi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazish atmosferaga zararli moddalar chiqarishni kamaytirish, shaharlarda shovqin darajasini pasaytirish, shuningdek, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan.
“Aksiyaga qo‘shiling va ekologiya, salomatlik va qulay harakatlanish foydasiga ongli tanlov qiling. Sizning hissangiz mamlakatning toza havosi va ekologik farovonligi uchun muhimdir”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq o‘zbekistonliklar mahalliy avtomobillarni ko‘proq xarid qila boshlagani xabar qilingandi. Shuningdek, mamlakatda ikkilamchi bozorda avtomobillar savdosi sezilarli darajada oshdi.
Izohlar