O‘zbekistonliklar 10 oyda ta’lim xizmatlariga 30 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 30,4 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8% ga oshgan. Bu ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foizini tashkil etadi.
Ushbu davrda ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, ularning ulushi 46,6% ni tashkil etdi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etiladi. Maktablar va o‘quv markazlari qo‘riqlash tizimlari, ogohlantirish tugmalari va videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanadi.




















