O‘zbekistonliklar uzoqroq yashay boshladi
Mamlakatda o‘rtacha yosh 30 yoshdan sal kamroq.

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 0,4 yilga oshdi, deya xabar bermoqda Statistika qo‘mitasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 75,1 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, bir yil avval 74,7 yoshga yetgan. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining yillar bo‘yicha dinamikasi:
- 1991-yilda — 66,4 yil;
- 1995-yilda — 69,1 yosh;
- 2000-yilda — 70,8 yil;
- 2005-yilda — 71,8 yil;
- 2010-yilda — 73 yil;
- 2015-yilda — 73,6 yil;
- 2020-yilda — 73,4 yil;
- 2024-yilda — 75,1 yil.
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etdi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar uzoqroq yashashi haqida xabar berilgandi. Prezident o‘rta yoshni ko‘tarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni sanab o‘tgan.
Izohlar