O‘zbekistonliklar sovuq qota boshlaydi: dam olish kunlaridagi ob-havo
Kechasi ba’zi joylarda harorat 0 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Havo harorati 23-28°, shimolda 20-25° bo‘ladi. 18 oktyabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kunduzi asta-sekin pasaya boshlaydi va 18 oktyabrda 21-26°, shimolda 15-20°; 19-oktyabrda 18-23°, shimolda 13-18°. Kechasi havo harorati 6-11 daraja iliqqacha, shimolda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18 oktyabr kuni kechga tomon Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 oktyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat bugun kunduzi 25-27°, shanba kuni 23-25°, yakshanba kuni 19-21° bo‘ladi. Tungi haroratning asta-sekin 8-10° gacha pasayishi.
Izohlar