O‘zbekistonliklar sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi
Yomg‘irlar ba’zi hududlarni suv ostida qoldirishi mumkin.

Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni ob-havo yomonlashishi haqida zudlik bilan ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28-maydan 2-iyungacha kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Xususan, quyidagi hududlarda xavf e’lon qilindi:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida.
Bundan tashqari, tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan ham ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan. Mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.
Avvalroq sinoptiklar O‘zbekistonda jazirama bahordan keyin yoz qanday bo‘lishini ma’lum qilgani, shuningdek, mutaxassislar ekstremal haroratni istisno qilmayotgani xabar qilingandi. Yog‘ingarchilik kam bo‘lishi kutilmoqda.
Izohlar