O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yaratilishini ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda fuqarolarimiz Qirg‘izistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqda. Endi shunday tartibni Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan, dedi prezident.
Davlat rahbari O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirish uchun samarali tashqi siyosat olib borish, do‘st va hamkorlar doirasini kengaytirish, yaqin qo‘shnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish o‘ta muhim vazifa ekanligini aytdi.
Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tashqi siyosatda ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Kelgusi yili yurtimizda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo beshligi” uchrashuvi shu yo‘ldagi yana bir ulkan amaliy qadam bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi