O‘zbekistonliklar Qirg‘izistondagi zilzilani his qildi
Yer silkinishlari Andijon viloyatiga ham yetib borgan.

Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi 25-iyul kuni soat 02:40 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Epimarkazdagi silkinish kuchi 3 ballni tashkil etdi. Magnituda – 3,6, chuqurlik – 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 284 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida zilzila quyidagi darajada sezildi:
- Paxtaobod tumani: 2-3 ball, 22 km;
- Izboskan tumani: 2 ball, 37 km;
- Andijon tumani: 2 ball, 38 km;
- Jalaquduq tumani: 2 ball, 42 km.
Izohlar