O‘zbekistonliklar ob-havo yomonlashishi haqida shoshilinch ogohlantirildi
Tog‘larda qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni kutilayotgan yog‘ingarchilik tufayli mamlakatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi haqida zudlik bilan ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 10-12-dekabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar va havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Xususan, quyidagi joylar xavf ostida bo‘ladi:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi).
- Namangan viloyati: Pop tumani.
U yerda yashovchi va dam oluvchi aholi, mehmonlar va sayyohlar, shuningdek, hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Avvalroq bir hafta ichida o‘zbekistonliklar muzlab qolishi va shalabbo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Izohlar